Andijon Davlat
Universiteti
MAVSUMIY AMALIYOT
2018-05-04    5081

Mavsumiy o‘quv-dala amaliyoti o‘quv jarayonining tarkibiy qismi hisoblanib, mavsum bilan bog‘liq hayvonlar va o‘simliklar turlarini o‘rganish asosida nazariy bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi.

2-kurs biologiya yo‘nalishi talabalari Ulug‘nor baliqchilik xo‘jaligida bo‘lishib, juda zo‘r taassurotlar bilan qaytishdi.

Dala amaliyotining talabalaridan kelib chiqib:

  1. Texnik xavfsizlik qoidalari (yakka o‘zi yurmaslik, suvga tushmaslik, qayiqlarga chiqmaslik, o‘lgan hayvonlarni ushlamaslik ... kabilar);
  2. Ekskursiyaning yo‘nalishi, asosiy vazifalar, nimalarga e’tibor berish kerakligi tushuntirildi.

Talabalar inkubatsiya sexida sazan, oq amur, do‘ng peshona baliq, ilon bosh, yangi introduksiya qilingan Afrika laqqasini ko‘paytirish texnologiyasi bilan tanishdilar.

Baliqlarni tuxum-lichinkadan boshlab, o‘stirish hovuzlariga, undan 4-5 gektarli mahsuldor hovuzlarga o‘tkazilish jarayonini ko‘rishdi. Hovuzlarda parvarish qilinayotgan sazan, oyna karp, ilonbosh, oq amur, xumbosh galalarini kuzatishdi va ovqat ratsionini o‘rganishdi.

Mahsuldor xovuzlar atrofidagi turong‘i, jiyda, tobulg‘i, qandim, suvda o‘sayotgan qamish, qo‘g‘a, suv o‘tlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ornitofaunaga tegishli laylak, yovvoyi o‘rdak, suqsun o‘rdagi, churrak loyxo‘rak, chayka, bizg‘ildoq, hakka, so‘fito‘rg‘ay, mayna, kurkanak, miqqiy, sor, sutemizuvchilardan quloqdor tipratikan, ondatrani tabiiy holda ko‘rib kuzatishdi.

Qum uyumlari biotsenozi o‘ziga xosligi bilan ajralib turishini: saksovul, qandim, qumtarik, sigirquyruq o‘sayotgan joylarni o‘rganishdi.

A.Ummatov, dotsent, biologiya fanlari nomzodi
Tabiiy fanlar fakulteti Zoologiya kafedrasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.