Andijon Davlat
Universiteti
“Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni
2024-02-13    606

“Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–10-son, 15.01.2024-y.) qabul qilindi

Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi. Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan taʼminlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Institut rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Institut, jumladan:
— respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshiradi, jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qiladi;
— jamoatchilik oʻrtasida shov-shuvga sabab boʻlgan jinoyatlarning omillarini aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruv va dastlabki tergov — — organlariga uslubiy koʻmaklashadi;
— kriminologiya sohasi boʻyicha mustaqil izlanuvchilik shaklida oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlaydi.

Institut oʻz vazifalarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi, uning faoliyatiga toʻsqinlik qilish, tadqiqot hisobotidagi maʼlumotlarni oʻzgartirishi uchun taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi.

Batafsil: https://lex.uz/docs/6755597

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.