Andijon Davlat
Universiteti
Konstitutsiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati oʻzgardi
2024-02-12    579

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-895-son, 12.01.2024-y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, Konstitutsiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Konstitutsiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar boʻyicha tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.

Shuningdek, kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Batafsil: https://lex.uz/docs/6750808

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.