“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-15-son, 18.01.2024-y.) qabul qilindi
Farmonga koʻra, 2024-yil 1-martdan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etiladi.
Bunda:
— yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali 30 yilga ijaraga beriladi, boshlangʻich narx yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;
— yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga yer uchastkasi narxini 3 yil muddatda har oyda teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;
— dehqon xoʻjaligi, yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻolibi boʻlgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan fuqarolarga yer uchastkasi narxini 5 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.
2024-yil 1-martdan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin boʻladi.
2024-yil 31-dekabrga qadar oʻz hududlarida yerga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan, lekin amalda foydalanib kelinayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan barcha yer uchastkalari boʻyicha ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki yerni zaxiraga qaytarish choralari koʻriladi.
Batafsil: https://www.lex.uz/uz/docs/-6764191
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI