Andijon Davlat
Universiteti
Darslarda foydalanish uchun har yili 50 tagacha oʻquv-uslubiy film ishlab chiqariladi
2024-01-19    366

Hukumat qarori (24-son, 13.01.2024-y.) bilan Respublika davlat taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga koʻra, taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Har yili 30-yanvargacha filmlarning tasdiqlangan mavzulari roʻyxati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi.
Shunga koʻra, Agentlik tomonidan har yili 50 tagacha film ishlab chiqariladi.

Bunda filmlarning mavzulari oʻquvchi va talabalar oʻzlashtirishi murakkab boʻlgan fanlar, ularning asoslari, mavzulari (formula, teorema, qonuniyatlari) asosida shakllantiriladi.

Filmlarni joylashtirish uchun 2024-yil 1-aprelgacha oʻquv-uslubiy filmlar portali va mobil ilovasi yaratiladi.

Batafsil: https://lex.uz/docs/-6755631

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.