Andijon Davlat
Universiteti
TALABA ALMASHUV DASTURI AMALDA
2018-05-04    8383

Hozirgi kunda Andijon davlat universiteti qo‘shni mamlakatlar Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamkorlikda samarali ishlar olib bormoqda. Bu hamkorlikning yanada rivojlanishiga Andijon davlat universitetining barcha fakultet va kafedralari o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti va Andijon davlat universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandumda belgilangan shartlarni bajarish maqsadida o‘zaro talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Bunga ko‘ra Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetining 2018 yil 27 mart kungi №1139-sonli xati va O‘zbekiston Respubliksi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliging 2018 yil 2 aprel kungi №87-02-1189-sonli rozilik xatiga asosan O‘sh davlat universitetidan Andijon davlat universitetiga 2018 yil 9 aprelda fizika-matematika, tabiiy fanlar, jismoniy tarbiya hamda xorijiy tillar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 17 nafar talaba tashrif buyurdi. Talabalar universitet yotoqxonasida yashab tahsil oldilar.  Ularga universitetning yetuk professor-o‘qituvchilar ingliz va rus tillarida ma’ruza darslarini o‘tdilar. Dam olish kunlari fakultet dekanlari va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘lim bilan hamkorlikda Andijon shahrida joylashgan diqqatga sazovor tarixiy joylar, Bog‘ishamol, Alisher Navoiy istirohat bog‘lariga, teatr va kinolarga olib borildi. Qirg‘izistonlik talabalar o‘qishlari davomida universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun bo‘ldilar. Universitet rektori prof. A.S.Yuldashev topshirig‘iga ko‘ra 30 aprel kuni barcha Qirg‘izistonlik talabalarga o‘quv darslarida na’munali ishtirok etganliklari uchun guvohnoma tayyorlandi. Mazkur guvohnomalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Hamraqulov universitetning kichik majlislar zalida taqdim etdi. Qirg‘izistonlik talabalar universitet rahbariyatiga jumladan, fizika-matematika fakulteti dekani M.Maxkamovga, jismoniy madaniyat fakulteti dekani B.Nosirovga, Xorijiy tillar fakulteti dekani A.Mamatqulovga hamda tabiiy fanlar fakulteti dekani N.To‘xtaboevga yaqindan yordam berganliklari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor A.Mamatyusupov topshirig‘iga ko‘ra Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i F.Alimov talabalarni 1 may kuni Andijon-O‘sh chegarasidagi “Do‘stlik” postiga kuzatib qo‘ydi. Hozirda o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor A.Mamatyusupov va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor B.Rasulov  toshirig‘iga ko‘ra Xalqaro aloqalar bo‘limi  va barcha fakultet dekanlari takliflaridan kelib chiqqan holda O‘sh davlat universitetida qisqa muddatli tahsil olish uchun iqtidorli talabalarni tanlab olishmoqda. Andijon davlat universiteti talabalarining O‘sh davlat universitetiga tashrifi 2018 yil 14 maydan 26 maygacha bo‘lishi rejalashtirilgan.

Farhod Alimov
Xalqaroaloqalar bo‘limi boshlig‘i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.