Bugun, 20-fevral kuni Andijon davlat universiteti Tomsk davlat universiteti bilan hamkorlikda "Rossiya va Markaziy Osiyo: o'tmish merosi va kelajak imkoniyatlari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazdi.
Xalqaro anjumanni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Iqboljon Karimjanov, Tomsk milliy universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektor Yevgeniy Lukov, shuningdek, universitetimiz professori Rustambek Shamsutdinovlar tabrik so’zi bilan tantanali ochib berdi.
Yalpi majlis doirasida AQSH, Rossiya, Hindiston, Qirg'iziston, Qozog'istonning yetuk olimlari "Oral Histories of Canal Building: the Grand Fergana Canal and other projects in Uzbekistan", "Устная история. Опыт России и Узбекистана", "Евразийские истоки межкультурных коммуникаций тюрков и русских в историческом контексте", "Центральноазиатская модель фронтирной модернизации (XIX – начало XX вв.)", "Основные тенденции интеграционных процессов в Центральной Азии" mavzularida o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Shundan so'ng, kunning ikkinchi qismida anjumanning 1-sessiyasida ma'ruzachilar tomonidan kun tartibiga qo'yilgan "XVIII — XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi va O‘rta Osiyo” mavzusida professor va tadqiqotchilar: A.Andreyev, V.Parshina, D.Kopaneva, I.Proxorov, M.Isaqova, T.Xamrayeva, I.Mamadaliyev va boshqalarning maʼruzalari tinglandi, yakunda esa yigʻilganlar tomonidan savol-javoblar tashkil etildi.
Xalqaro anjuman professor-o'qituvchilar, soha mutaxassislari, tadqiqotchilar hamda talabalarga foydali ma'lumotlar almashinuvi bo'libgina qolmay, tashrif buyuruvchilarda ham katta taassurot qoldirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI