Andijon Davlat
Universiteti
“Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi
2024-02-09    205

“Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF-8-son, 09.01.2024-y.) qabul qilindi

Farmonga koʻra, 2024-yil 1-martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi.

Shuningdek, 2024-yil 1-martdan:
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qoʻllanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda toʻlanganda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etiladi;

— litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi;
— tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini koʻrsatishga ruxsat beriladi.

Turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sugʻurta qilish tartibini joriy qilish orqali “chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni Xavfsiz turizm jamgʻarmasiga zaxira qilib qoʻyish bekor qilinadi.

2024-yil 1-martdan 2025-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish faoliyatlarini boshlash uchun uch oygacha oʻtish va moslashish davrini belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi.

Batafsil: https://lex.uz/docs/-6748097

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.