Andijon Davlat
Universiteti
Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi
2024-02-02    544

“Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–15-son, 10.01.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2024-2025-yillar uchun elektrotexnika tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha asosiy maqsadli koʻrsatkichlar belgilandi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

— misni qayta ishlash quvvatini 2024-yilda 140 ming va 2025-yilda 160 ming tonnaga yetkazish;
— mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2024-yilda 30,8 trillion soʻmgacha va 2025-yilda 38 trillion soʻmgacha oshirish;
— mahsulotlar eksport hajmini 2024-yilda 1,5 milliard AQSH dollari va 2025-yilda 2 millard AQSH dollari miqdorida taʼminlash.

Elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024-2026-yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi. Bunda banklar tomonidan tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 7 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.

2027-yil 1-yanvargacha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 foizidan kam boʻlmagan elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha stavkalar 50 foizga kamaytiriladi.

2024-yil 1-apreldan davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:

— 3 ta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz;
— 2 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz; 1 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz.

Qaror bilan shuningdek, 2024-yil 1-fevraldan Oʻzbekistonga olib kirishda ularning sifati, xavfsizligi va servis kafolatini taʼminlaydigan ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud boʻlishi talab qilinadigan mahsulotlar roʻyxati tasdiqlandi.

Batafsil: https://lex.uz/docs/-6367860

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.