Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti M.Tursunova “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” yo’nalishi “Ingliz va o’zbek tillarida biznes diskursning kognitiv-pragmatik, lingvokulturologik jihatlari tadqiqi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.
Tadqiqotchimiz Amerika Konsulligi tomonidan ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarga borish, u yerdagi ta’lim tizimini o’rganish, turli soha vakillari bilan suhbatlashib, tajriba almashishlar bo’yicha grant dasturini qo'lga kiritib, hozirda Kaliforniya shtatida, Kaliforniya davlat universitetida 6 haftalik dasturda malaka oshirmoqda.
Doktorantimiz dastur doirasida ilmiy ishlari uchun eng kerakli bo’lgan manbalarni o’rganish bilan bir qatorda, soha mutaxassislari tomonidan zamonaviy texnologiyalardan yuqori darajada foydalanish, tadqiqot olib borishning yangi yo’nalishlarini o’rganmoqda.
Universitet jamoasi tadqiqotchimiz Mashhuraxonni ilmiy ishlariga omad tilaydi va kelgusi faoliyatlarida bundanda yuqori natijalarga erishishiga ishonch bildiradi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI