Ayol-qizlarning ilm-fan bilan toʻlaqonli foydalanishlariga keng imkoniyatlar yaratilishi, xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaga asosan, 11-fevral – “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” deb eʼlon qilingan.
Mazkur sana munosabati bilan Andijon davlat universitetida “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi hamda viloyat bojxona boshqarmasi hamkorligida “Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda universitetimiz olima ayollari, doktorantlar va magistr xotin-qizlar, jumladan, bojxona boshqarmasida faoliyat yuritayotgan xodima ayollar ishtirok etdi.
Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar yurtimizda xotin-qizlarga va gender tenglikni taʼminlashga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar, xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, viloyatimizda xotin-qizlarning oliy taʼlim bilan qamrab olinishi darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI