Bugun, 10-fevral kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev maktab va oliy ta'lim muassasasi hamkorligini mustahkamlash maqsadida Jalaquduq tumanida joylashgan 18-umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurib, o'quvchilarning ota-onalari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda universitet rektori ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar va bu boradagi hukumat siyosati, ta'limga doir qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berdi.
Uchrashuv davomida ota-onalarning takliflari va muammolari tinglandi. Shuningdek, o'quvchilarning dars mashg'ulotlardagi ishtiroki, odob-axloqi, kiyinish va mobil telefondan foydalanish madaniyati hamda muassasadagi ijtimoiy muhitni sog'lomlashtirish borasida ota-onalar va o’qituvchilarning roli haqida so’z yuritdi.
Shundan so'ng, rektor maktab bitiruvchilarining dars mashg'ulotlaridagi faolligi bilan tanishdi va suhbat o'tkazdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda bitiruvchilarning oliy ta'limga kirishlari, o'zlari tanlagan yo'nalishlari va egallamoqchi bo'lgan kasblari kelajak orzulari xususidagi fikr-mulohazalari tinglandi va ko‘plab savollariga javoblar berildi.
Uchrashuv so'nggida mazkur maktab mutasaddilari hamda o'quvchilarning ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatib, kelgusida ham ushbu hamkorlikni istiqbolli yo'lga qo'yilishi borasida kelishib olindi.
Mazkur hamkorlik o'quvchi-yoshlarni sifatli ta'lim olishi, oliy ta'lim muassasalariga qabul qamrovini oshirish, ularni ta'limning turli sohalariga keng jalb qilish, hamda tanlagan sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishlarida samarali xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI