Andijon Davlat
Universiteti
Universitet rektori ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi
2024-02-06    279

Bugun, 6-fevral kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev mas'ullar ishtirokida ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari, xonadondagi mavjud kamchiliklar, qiynayotgan muammolarni o'rganish maqsadida talaba-yoshlar holidan xabar oldi.

Jarayon davomida oliygoh rahbari ijarada yashayotgan talabalar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi va takliflari bilan tanishdi. Bildirilgan takliflar bo'yicha mas'ullarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

Rektor ijara xonadonlarini o'rganishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar yuzasidan xonadon egalariga bartaraf etish bo'yicha kerakli ko'rsatma va tavsiyalarni berdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.