Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokama qilindi
2024-02-05    619

Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasining mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishga doir ustuvor vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazishga bag'ishlangan o'quv seminar bo'lib o'tdi.

Unda universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo'lim boshliqlari, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur seminarda ma'ruzachilar tomonidan Davlat dasturi loyihasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yo‘nalishi, 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, loyihaning maqsad va vazifalari va uni amalga oshirishga doir ustuvor vazifalar bo'yicha tushunchalar berildi.

Seminar so'nggida 2024-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolar o‘z takliflarini www.uzbekistan2030.uz va regulation.gov.uz veb-saytlari orqali bildirishlari mumkinligi bo'yicha ma'lumotlar berildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.