Andijon Davlat
Universiteti
DIQQAT, TANLOV!: JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
2018-05-01    9745

Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularning turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishining oldini olish, oliy ta’lim muassasalarida yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularida ijodiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlov 3 bosqichda bo‘lib:

1-bosqich oliy ta’lim muassasasining fakultetlari akademik guruhlar talabalari o‘rtasida joriy yil aprel oyining so‘nggi o‘n kunligida,

2-bosqichi oliy ta’lim muassasasi miqyosida fakultetlararo ularning g‘oliblari o‘rtasida may oyining birinchi o‘n kunligida,

3- bosqichi (yakuniy) respublika oliy ta’lim muassasalari g‘oliblari o‘rtasida joriy yil iyun oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichida yuqori o‘rinni egallagan talabalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, ta’lim muassasasi gazeta va jurnallarida yoritiladi.

Tanlovning 3-Respublika bosqichining“Jaholatga qarshi ma’rifat”  mavzusidagi ijodiy ishlar:

1-o‘rin-1 500 000(bir million besh yuz ming so‘m)

2-o‘rin-1 200 000(bir million ikki yuz ming so‘m)

3-o‘rin-1 000 000(bir million so‘m)

“Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularida ijodiy ishlar:

1-o‘rin-1 500 000(bir million besh yuz ming so‘m)

2-o‘rin-1 200 000(bir million ikki yuz ming so‘m)

3-o‘rin-1 000 000(bir million so‘m) miqdordagi pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi. Shuningdek g‘olib talabalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanib, eng sara ijodiy ishlar Respublika gazeta jurnallarida yoritiladi hamda alohida to‘plam shaklida nashr etiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tanlov haqidagi ma’lumotlarni (tanlov nizomi, shartlarini) fakultet ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari yoki universitet ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘limi uslubchisi Bahodirjon Abdullaevdan olishlari mumkin .

Ma’lumot uchun telefon: 0(374) 223-83-58

Universitet ma`naviy-axloqiy tarbiya bo`limi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.