Joriy yilning 16-yanvar kuni Andijon davlat universitetida “Hamroh” NNT tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyaviy koʻmagidagi “Umumiy manfaatlarni izlash” (Search for Common Ground) xalqaro notijorat assotsiatsiyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, “Yuksalish” xalqaro harakati hamkorligida amalga oshiriladigan “Yoshstan: yoshlar yoʻnalishidagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining imkoniyatlarini kengaytirish” xorijiy grant loyihasining ochilish marosimi oʻtkazildi.
Unda “Yuksalish” xalqaro harakati Markaziy apparati, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha Vakili (Ombudsman)ning viloyatdagi mintaqaviy vakili, DJTQM viloyat hududiy boʻlinmasi, “Mintaqaviy tadqiqot” markazi va shu kabi tashkilot vakillari hamda universitetimiz professor-o'qituvchilari, talabalari ishtirok etdi.
Marosimda so'z olgan ma'ruzachilar mazkur xorijiy loyiha doirasida universitet bazasida yoshlar uchun yuridik klinika tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali maqsadli hudud sifatida tanlab olingan Andijon, Asaka va Izboskan tumanlaridagi yoshlarga bepul yuridik xizmat koʻrsatish va ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish ishlari amalga oshirilishini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Mazkur loyihani amalga oshirishdan ko'zlangan maqsad — mahalliy yoshlarning yoshlar masalalariga oid huquqiy maʼlumot va axborot olish imkoniyatini kengaytirish, mamlakatimizda xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatishga qaratilgan islohotlarning muhim yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI