Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda "Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi
2024-01-16    139

Bugun, 16-yanvar kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi va "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Vatan himoyasi, yigit irodasi" shiori ostida ma'navi-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tantanali tadbir avvalida, davlatimiz madxiyasi yangradi, bayram tadbirini Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor X.Xodjamberdiyev ochib berdi. Shundan so'ng, Qurolli Kuchlarimiz – milliy armiyamiz aks etgan ijtimoiy videorolik havola etildi.

Tadbir davomida iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan Vatan madxini tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar, raqs va qiziqarli sahna ko'rinishlari namoyish etilib, bayram munosabati bilan tabriklar aytildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.