Bugun, 15-yanvar kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev universitetimizda tahsil olayotgan qoraqalpog‘istonlik talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.
Ochiq muloqot chog’ida rektor universitet rahbariyati talabalarning tashabbuslari va takliflarini amalga tatbiq etishga doimo tayyor ekanligini taʼkidlab, universitetda barcha talabalarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Uchrashuv davomida talabalar turar joylarida talabalarning yashashi, bilim olishi hamda darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarida talabalarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va bu borada rektor tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI