Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda AQShning “Future survey inc.” kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-metodik seminar o'tkazildi
2024-01-12    293

Bugun, 12-yanvar kuni Andijon davlat universitetida ilmiy-amaliy, innovatsion loyihalar yuzasidan xorijiy tajribalar almashinuvini yo'lga qo'yish maqsadida "Bo'lajak olimlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga tayyorlash" mavzusida AQShning “Future survey inc.” (Filadelfiya, Pensilvania shtati) kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy-metodik seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Andijon viloyati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi rahbari M.Madazimov, “Future survey inc.” kompaniyasi prezidenti, psixologiya fanlari doktori, dotsent Abdurashid Turg’unov, ta'lim muassasamiz professor-o’qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etdilar.

Seminar davomida ma'ruzachilar tomonidan bugungi kunda pedagog-olimlar oldida turgan ilmiy va innovatsion loyihalar yuzasidan dolzarb bo'lgan masalalar va ularning yechimiga qaratilgan takliflari tinglandi, psixologiya sohasidagi ilmiy va innovatsion faoliyat yuzasidan ilmiy asoslangan metodlar asosida mahalliy va xorijiy tajribalaridan kelib chiqib ma'lumotlar berdilar.

Shuningdek, A.Turg'unov o'zining ilmiy faoliyati davomida amalga oshirgan va bajarilayotgan psixolog-portali.uz, aqlli-bola.uz, "Future survey dermatogliphics" ilmiy-innovatsion va amaliy loyihalari bilan tanishtirib o'tdi hamda bir qancha ilmiy va innovatsion manbalarini bo'lajak olimlarga sovg'a tariqasida taqdim etdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.