Ma'lumki, universitetimizda rektor boshchiligida fakultet rahbariyati va professor-o'qituvchilari bilan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti yuzasidan tahliliy uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda.
Shu maqsadda, bugun, 9-yanvar kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev, mas'ul prorektorlar ishtirokida Fizika hamda Pedagogika va san'atshunoslik fakultetlari rahbariyatlari va professor-o'qituvchilari bilan tahliliy uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv avvalida fakultet dekanlarining 2023-yilda amalga oshirilgan o'quv va ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimida amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan hisobotlari tinglandi. Shundan so'ng, rektor va prorektorlar tomonidan mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, 2024-yilda rejalarni tubdan yangilash lozimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, fakultet professor-oʻqituvchilarining 2023-yilda ilmiy va o'quv faoliyati yuzasidan qilingan ishlari tahlil qilindi, ilmiy himoyalar va o'quv jarayonlarini sifatli tashkil etish kabi masalalar atroflicha muhokama etilib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI