Bugun, 6-yanvar kuni Andijon davlat universiteti rektor, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida Jismoniy madaniyat hamda Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti rahbariyatlari va professor-o'qituvchilari jamoasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv avvalida Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Zohidjon Jumaqulov hamda ATKIF fakulteti dekani Asilbek Medatovlar tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan o'quv va ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimida amalga oshirilgan islohotlar yuzasidan hisobot tinglandi.
Shuningdek, fakultet professor-oʻqituvchilarining 2023-yildagi faoliyati yuzasidan qilingan ishlari tahlil qilindi, ilmiy himoyalar va o'quv jarayonlarini sifatli tashkil etish kabi masalalar atroflicha muhokama etilib, istiqboldagi rejalar belgilanib olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI