Andijon Davlat
Universiteti
Xitoy bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
2024-01-06    265

Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Chung chin shahridan tashrif buyurgan Vivian boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Andijon viloyatida bo'lib turibdi.

 

Bugun, 6-yanvar kuni Andijon davlat universitetida delеgatsiya vakillari bilan oliy va professional taʼlim sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Mehmonlar dastlab, universitetda ilmiy tadqiqot olib borayotgan Qayta tiklanuvchi energiya manbalari labоratoriyasiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 

Shundan so'ng, uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Unda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda “ikki tomonlama diplom – “2+2” ko‘rinishida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, Andijonlik yosh olimlarning Xitoyga stajirovkalarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

 

Tashrif so'nggida, delegatsiya vakillariga Andijon viloyatining bir qator diqqatga sazovor joylari aks etgan ijtimoiy videorolik namoyish etildi hamda tashrif buyuruvchilarga universitet jamoasi nomidan esdalik sovg'alari topshirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.