Joriy yilning 29-dekabr kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali berilgan murojaatga munosabat
Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:
Murojaatchi yuborgan videolavha orqali ko’rsatilgan kamchiliklar hozirda mas’ullar tomonidan bartaraf etilgan. Ayni damda fakultetda talabalarni bilim olishlari uchun yetarlicha shart-sharoit yaratilgan.
Mazkur fakultet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, qarorda fakultetning joylashadigan bino manzili aniq ko‘rsatilgan.
Shahar va unga yaqin hududlarda bo’sh bino bo’lmagani sababli viloyatimizning Jalaquduq tumanidagi kollej binosida ochilishi belgilangan va 2020-yildan buyon Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Talabalarni o'qishga kelib ketish masalasini hal etishda universitet rahbariyati kerakli tashkilotlarga murojaat qilib, yo'lkira muammosini ijobiy hal etishga harakat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI