Andijon Davlat
Universiteti
Universitet kengashining 2023/2024-o'quv yilidagi 6-sonli yig'ilishi o'tkazildi
2023-12-28    241

Bugun, 28-dekabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida universitet Kengashining 2023/2024-o'quv yilidagi 6-sonli yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Dastlab, taqdirlash marosi o'tkazildi. Unda Filologiya fakulteti dekani, professor Bahodir Rahmonov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi bo‘lganligi bilan guvohnoma, sportning voleybol turi bo'yicha faxriylar o'rtasida O'zbekiston chempionsti sovrindori Sardorbek Yuldashevga ikkinchi darajali diplom hamda medal tantanali topshirildi.

Yig'ilishda universitet rektori tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qaror va buyruqlari o'qib eshittirildi va uning ijrosini ta'minlash, chora-tadbirlarni belgilash, berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borish mas'ullarga vazifa qilib belgilandi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Dastlab, 2023-yilda erishilgan ilmiy ishlar va inovatsiyalar, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi, talabalarni qishki ta'tilga yuborish borasida so'z yuritildi. Shuningdek, 2023/2024 oʻquv yilida bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish, 2024-yil uchun o'quv nashr rejalarini tasdiqlash bo'yicha masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilish davomida ma'ruzachilar tomonidan 2023-yil sarhisob qilindi hamda yangi 2024-o'quv yilida amalga oshirilishi lozim bo'lgan istiqboldagi vazifalar va chora-tadbirlar belgilanib olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.