Andijon Davlat
Universiteti
Professor-o'qituvchilar o'rtasida sport musobaqalari bo'lib o'tmoqda
2023-12-27    234

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida qishki ta'til vaqtida professor-o'qituvchilar o'rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida fakultet dekani Talantbek Madumarov tashabbusi bilan "Dekan kubogi" doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur musobaqalar sportning stritbol, stol tennisi va shaxmat-shashka turlari bo'yicha bahs va munozaralarga boy tarzda o'tkazildi.Yakuniy natijalarga ko'ra:

Sportning stritbol turi bo'yicha jamoalar o'rtasida o'tkazilgan nusobaqada:
1-o'rin Iqtisodiyot kafedrasi jamoasi;
2-o'rin Umumiy psixologiya kafedrasi jamoasi;
3-o'rin MG'MAHT kafedrasi jamoasi g'olib bo'ldilar.

Sportning stol tennisi turi bo'yicha erkaklar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada:
1-o'rin D.Nurmatov (Iqtisodiyot kafedrasi);
2-o'rin Q.Yunisov (Falsafa kafedrasi);
3-o'rin M.Quvvataliyev (Umumiy psixologiya kafedrasi) g'olib deb topildi.

Sportning shaxmat turi bo'yicha ayollar o'rtasida o'tkazilgan sport musobaqasida:
1-o'rin S.Rustamova (Iqtisodiyot kafedrasi);
2-o'rin Y.Yusupova (Umumiy psihologiya kafedrasi);
3-o'rin M.Sodiqova (MG'MAHT kafedrasi) g'olib bo'ldilar.

Sportning shashka turi bo'yicha ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqasida:
1-o'rin N.Maqsudova (Falsafa kafedrasi);
2-o'rin M.Payziyeva (Umumiy psixologiya kafedrasi);
3-o'rin Sh.Muzaffarova (MG'MAHT kafedrasi) g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

Pedagog-o'qituvchilar o'rtasida sport musobaqalari davom etadi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.