Bugun, 26-dekabr kuni Andijon davlat universitetida qishki ta'til davrida professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida O’quv ishlari bo’yicha prorektor Rustamjon Mullajonov boshchiligida “Ta’lim muassasasida o’quv jarayonining olib borilishini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar” mavzusida seminar mashg’ulotlari bo’lib o’tdi.
Mashg'ulotda prorektor tomonidan O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori hamda oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi nizomining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida tushunchalar berdi.
Ma'lumot o'rnida seminar mashg'ulotlari 7-yanvarga qadar soha mutaxassislari va tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan olib borilishi belgilangan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI