Andijon Davlat
Universiteti
Rasmiy munosabat
2023-12-22    413

Bugun, 22-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi telegram kanal orqali berilgan murojaatga munosabat

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:
Andijon davlat universitetida professor-o'qituvchilar va ishchi xodimlarni moddiy qo'llab-quvvatlash hamda bahor-qish mavsumi uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlarini zahiraga jamg'arish maqsadida har yili bir martalik mablag' ajratiladi.

Bu yil ham universitet rektorining 2023-yil 18-dekabrdagi buyrug'i bilan belgilangan tartibda (500 ming so'm) moddiy mablag' puli berilishi ko'zda tutilgan va mas'ullar orqali barcha professor-o'qituvchilarga bu haqida axborot berilgan. Murojaatchi bundan bexabar qolgan bo‘lishi mumkin.

Ko‘rsatilgan pul mablag‘lari 23-dekabr kunidan boshlab professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlarga beriladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.