Andijon davlat universiteti professori, akademik Sirojiddin Zaynobidinovning bugungi kunda Yangi O'zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etishdek sharafli ishga beqiyos hissa qo'shib kelayotgani, faol va tashabbuskorligi, ko'p yillik fidokorona mehnati hamda yuksak salohiyati prezidentimiz tomonidan e'tirof etildi.
Akademik S.Zaynobidinov faoliyati davomida ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib, bir qancha e'tiroflarga sazovor bo'ldi. Jumladan:
Ilm-fan sohasidagi nufuzli – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofotining sohibi bo'ldi.
1990-yil Oliy taʼlim aʼlochisi koʻkrak nishoni bilan,
2001-yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi koʻkrak nishoni,
2003-yil “OʻzR oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.
2013-yilda OʻzMU ning “Universitet iftixori” jamoatchilik kengashi aʼzosi etib saylandi.
Universitetimiz olimining ilmiy faoliyati xalqaro miqyosda ham keng eʼtirof etilgan:
Angliya jahon biografik markazi, AQSHning Nyu-York akademiyasi, Oliy taʼlim Xalqaro Fanlar akademiyasi (Rossiya), Xalqaro taʼlim, fan, texnika va sanʼat akademiyasi (AQSH), Gruziyaning taʼlim va turizm akademiyasi aʼzosi etib saylandi;
1999-yil Kembrijdagi Xalqaro Biografik markaz aʼzosi va 2002-yil shu markazning yarimoʻtkazgichlar fizikasi sohasidagi buyuk xizmatlari uchun kumush medali bilan taqdirlandi.
Universitetimiz jamoasi nomidan akademik Sirojiddin Zaynobiddinovni prezidentimiz e'tirofiga sazovor bo'lgani bilan samimiy qutlab, mustahkam sog'lik, kelgusi faoliyatlarida ulkan zafar va shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini, yoshlarimizga ilm berishlarida kuch-quvvat tilaymiz!
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI