Andijon Davlat
Universiteti
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari universitet faoliyati bilan tanishdi
2023-12-09    671

Bugun, 9-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida bo’ldi.

Tashrif avvalida ta'lim muassasasidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi, o'quv auditoriyalari va professor-o'qituvchilar xonasini ko'zdan kechirib, u yerda faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilar, doktorantlar hamda magistrlar bilan suhbatlashdi. O'quv laboratoriyasidagi moddiy texnika bazasi va talabalarga yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

Shundan so’ng prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o'qituvchilar, kafedra mudirlari va bo'lim boshlig'lari bilan suhbatlashib, oliygohda o‘quv jarayoni, ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish borasida fikr almashildi.

Bundan tashqari, K.Karimov universitetning asosiy hududida joylashgan talabalar turar-joylarida ham boʻlib, u yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar: fitnes zallari, turar joyning oshxonasi, sanitariya va ma'naviy xordiq chiqarish xonalarini ko'zdan kechirdi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha mas'ullarga tegishli ko’rsatmalar berdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.