Bugun, 7-dekabr kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya haftaligi" doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tantanali tadbir davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so'ng, tadbirni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev nutq so'zlari bilan ochib berdi va Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon viloyati bo'limi tomonidan viloyatda ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi uzoq yillik samarali faoliyati uchun universitet rektori tashakkurnoma va oliygohimiz fidoyi ustozi, professor A.Sobirovga "Ma'rifat fidoyisi" ko'krak nishoni bilan tantanali taqdirlandilar.
Tadbir davomida kuy-qo'shiqlar yangradi, iqtidorli talabalar tomonidan Konstitutsiyamizni madh etuvchi she'riy chiqishlar namoyish etildi va Jadid namoyondalariga bag'ishlangan ijtimoy videorolik havol etildi.
Tadbir so'nggida "Konstitutsiya haftaligi" doirasida o'tkazilgan tanlov va sport musobaqalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar universitet rektori tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI