Bugun, 6-dekabr kuni Andijon davlat universitetida Konstitutsiyamizning 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya haftaligi" doirasida Andijon viloyati Adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB vakillari va universitetimiz professor-o'qituvchilari hamkorligida "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — davlat va jamiyat taraqqiyoti manbai" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.
Dastlab anjumanni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor X.Xodjamberdiyev so'zlari bilan ochib berdi. Shundan so'ng ma'ruzachilar yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan nutq so'zlarini bayon etdilar.
Anjuman doirasida Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani Talantbek Madumarov yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning ta'limga doir islohatlar to'g'risidagi moddalar tafsiloti haqida so'z yurutib, bunda yoshlarning bepul boshlang'ich kasb-hunarga o'qitilishi, shuningdek, alohida ta'lim olish ehtiyojiga ega bo'lgan, nuqsonli fuqarolarning ham tengdoshlari kabi ta'lim olish imkoniyatiga ega ekanligi Konstitutsiya asosida kafolatlangani ta'kidlandi.
Konferensiya davomida mas'ullar tomonidan Konstitutsiyamizning asosiy prinsiplari, Konstitutsion qonun ustunligi, jumladan, barcha normativ va qonun osti hujjatlar Konstitutsiya doirasida belgilangan normalar asosida tegishli tartibda ishlab chiqilishi kerakligi ta'kidlab o'tildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI