Andijon davlat universiteti rektorining apparat yigʻilishidagi berilgan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov boshchiligida fakultet mas'ullari ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o'rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.
Hozirda fakultetning 67 nafar talabasi ijara xonadonlarida istiqomat qilib, bunda qish mavsumi davomida uzluksiz ravishda talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurish bo'yicha reja grafigi ishlab chiqildi. Grafikka muvofiq, bugun, 5-dekabr kuni fakultet dekani R.Shamsitdinov va dekan oʻrinbosari I.Djumaboyevlar ikki guruhga boʻlinib jami 54 nafar talaba istiqomat qilayotgan 20 ta xonadonda suhbatlar oʻtkazdi.
Oʻrganishlarda ijara xonadonlaridagi yuvinish xonalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bunda yuvinish xonalarining pol qismiga sirpanish mumkinligi inobatga olinib, uy egasi va talabalarga maxsus qoplamalar solish zarurligi uqtirildi. Suhbat jarayonlarida talabalarga elektr simlardan toʻgʻri foydalanish, ochiq holatdagi rozetkalaridan foydalanmaslik, gaz yoki koʻmirdan foydalanishda ehtiyorkorlik choralarini koʻrish va yashash joyini toza saqlash, ovqatlanishda va yuvinishda sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish boʻyicha tushunchalar berildi. Xona tutish odobi, yoʻl harakati qoidalari, texnika xavfsizlik qoidalar boʻyicha tushuntirish ishlari va oʻrganishlar olib borildi.
Suhbat davomida fakultet dekani R.Shamsitdinov ijara xonadon sohiblariga ijarachi talaba ichki ishlar organlari tomonidan ushbu xonadonga vaqtincha roʻyhatga olinishini, uy egasi muntazam aloqada boʻlishi, ijarachi talabani doimiy nazorat qilishi, oʻqishga borishi va kelish vaqtlarini belgilab, turli xil koʻngilsizliklardan yaʼni ichkilik, kech kelish kabi noxush holatlarni oldini olish, bunday holatlar kuzatilsa, birinchi navbatda talaba tyutoriga murojaat qilish kerakligini ham alohida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, ijara xonadonlari talabalar yashashi uchun sharoit yaratmagan xonadonlardan talabalarni TTJlarga koʻchirish ishlari olib borilmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI