Bugun, 2-dekabr kuni universitetimizda olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy jamoalari faoliyatini qo’llab-quvvatlash, munosib rag'batlantirish, ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish uchun qulay sharoitlarni yaratish, yangi ilmiy maktablar tashkil qilish va shu orqali universitet ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 100 million so'mlik jamoaviy grant dasturi doirasida loyihalar taqdimoti o'tkazildi.
Loyihalar taqdimotning saralash bosqichida Andijon davlat unversiteti olim va tadqiqotchilardan tuzilgan jami 14 ta jamoalarning faoliyati jarayonida tayyorlagan innovatsion ilmiy lohiyalari namoyish etildi.
Unda "Andijon viloyati turist imkoniyatlarini baholash, turist maskanlari web katalog kartalarini ishlab chiqish", "Gibrid quyosh — shamol energetik qurilmani ishlab chiqish" ,"Quyosh fotoelektrik plitalarini ishlab chiqish" va shu kabi loyihalar muhokama etildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI