1-dekabr "Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan, bugun, 28-noyabr kuni Andijon davlat universitetida Respublika OITSga qarshi kurashish Andjon viloyat boshqarmasi vakillari hamda O'zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo'shinlari 7553 harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida "Sog'lom hayot sari birgalikda" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor X.Xodjamberdiyev ochib berdi. Shundan so'ng, ma'ruzachilar kun tartibiga qo'yilgan masala, OITS va OIV infeksiyasiga chalinishni kamaytirish, uni oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida ko'nikma va tavsiyalar berdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar mazkur infeksiya alomatlari va uning davo choralari yuzasidan yo'llagan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI