Andijon davlat universitetiga Oliy ta’limdagi o‘quv jarayonlari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Andijon tumani 10-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari tashrif buyurdi. Mas’ul etib belgilangan Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Hayitxon Ismoilova maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Manzuraxon Dadaboeva, o‘qituvchilar Barnoxon Qo‘chqarova, Feruzaxon G‘ofurovalar, 8-9 sinflardan 22 nafar faol o‘quvchilarni universitetda olib borilayotgan ta’lim jarayonlari bilan tanishtirdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ilm-fanga, milliy madaniyatga bo‘lgan qiziqishini ortirish, talabalarning ta’lim olishlarida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirishdan iborat.
O‘quvchilar dastlab Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti bilan tanishtirildi. Fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sarvarbek Ismoilov o‘quvchilarga universitet tarixi, bugungi kundagi ta’lim jarayonlari, Oliy ta’lim sohasidagi yangiliklar, xukumatimiz tomonidan ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, talabalarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi. O‘quvchilar fakultetning o‘quv xonalarini birma bir ko‘rib chiqdilar. Uchrashuv davomida ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Shundan so‘ng ular H. Ismoilova hamroxligida, universitetning Fizika-matematika fakultetiga yo‘l oldilar. Fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Xotamjon Mansurov ularni qarshi oldi va xozirda davlatimiz tomonidan talabalrning bilimlarini mukammal egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni labaratoriya xonalari bilan tanishtirish jarayonida tushuntirib o‘tdi. Katta o‘qituvchilar, Yorqinboy Mamatoxunov, Erkinjon Muxtorovlar labaratoriya jixozlarining foydalanish xolatlarini tushuntirib berdi. Ayniqsa, fizika-matematika fanlari nomzodi dotsent Ergash Musaevning labaratoriya mashg‘ulotlaridan o‘tkazgan na’munasi o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishini ortishiga sababchi bo‘ldi.
O‘zlari qiziqqan yo‘nalishlari Xorijiy tillar fakulteti fakultetlar aro chet tillari kafedrasi o‘qituvchilari Ashurova Nodiraxon, Qo‘chqarova Ozodaxon, Tadjimatova Gulnoraxonlar xamroxligida universitetda xorijiy tillarni o‘qitishdagi jarayonlar haqida ma’lumot berdilar. Universitetga tashrif buyurgan o‘quvchilar o‘quv zallari, universitetning xududi va binolari, o‘quv jarayonlarini kuzatar ekan, ularning ko‘zidan ona vatanga, insonlarga, xukumatimizga bo‘lgan xurmat xissi yanada ortganligi ko‘rinib turar edi. Universitetda o‘tkazgan vaqtni qanday o‘tib ketganini bilmay ham qolishdi. Albatta yaxshi baxolarga o‘qib kelajakda albatta shunday ta’lim muassasalarida o‘qishni oldilariga maqsad qilib olishdi.
Maktab jamoasi shunday uchrashuvlarni o‘tkazishga yaqindan yordam berganligi uchun universitet rektori Akramjon Yo‘ldashev, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani O‘ktamjon Ubaydullaev, Fizika-matematika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Xotamjon Mansurov, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Faridaxon Yuldashevalar va barcha yaqindan yordam bergan universitet jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI