Bugun, 28-noyabr kuni Andijon davlat universitetida Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi vakillari ishtirokida “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning suiste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi vakillari, IIV mas'ul hodimi, viloyatdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalari prorektorlari, bo'lim boshliqlari, professor-o'qituvchilat hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda soha mutaxassislari tomonidan bugungi davrning eng yomon illatlaridan biri bo’lgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar va OITS ga qarshi kurashish choralari va buugungi kundagi uning natijalariga to’xtalib, aholining salomatligini saqlashga imkon beruvchi giyohvandlikning oldini olish usullari haqida ma'lumotlar berib o'tdi.
Shuningdek, tadbir davomida giyohvandlikning oldini olish, uning salbiy oqibatlarini aholi va ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mahalla, ta'lim muassasalarida keng qamrovli targ‘ibot ishlarini olib borish va nazorat rejalarini ishlab chiqish mas'ullar bilan kelishib olindi.
Tadbir keng ko‘lamli munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlar mavzu yuzasidan boy taassurotlarga ega bo‘ldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI