Bugun, 25-noyabr kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamkorligida "Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish" oyligi doirasida tadbir bo'lib o'tdi.
Dastlab, tadbirni universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev o'z nutqi bilan ochib berdi va mavzuga doir ijtimoiy videorolik namoyish etildi.
Uchrashuvda O‘zbekistоn Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ahmadjon Matlyubov boshchiligidagi ishchi guruh a'zolarining giyohvandlik va psixotrop moddalarning zararlari, bunday turdagi vositalarning savdosi bilan shug'ullanish jinoyat ekanligi hamda ushbu turdagi moddalarning inson sog'lig'iga keltiradigan salbiy oqibatlari mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.
Tadbir yakunida ishchi guruh a'zolari universitet rektori tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI