Bugun, 24-noyabr kuni Andijon davlat universitetida "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tashabbusi bilan "Nodirai-davronlar" nomli Respublika ko'rik tanlovining Andijon viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovni "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi raisi Hamidjon Omonov o'z nutqi bilan ochib berdi. Shundan so'ng 10 nafar ishtirokchi qizlar ikki bosqichdan iborat shartlar asosida bellashdilar.
Xususan, Andijon davlat universiteti Folklorshunoslik va dialektologiya yoʼnalishi ikkinchi bosqich magistranti Sotvoldiyeva Mohinur faxrli 2-oʼrinni, Tabiiy fanlar fakulteti uchinchi bosqich talabasi Ibragimova Nilufar 3-oʼrinni egalladi. Tanlov so'nggida g'olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Ma'lumot o'rnida, mazkur tanlov xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, ularni milliy g'urur, an'ana va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda munosib o'rin egallashlariga ko'maklashish maqsadida 2009-yildan buyon o'tkazilib kelinmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI