Andijon Davlat
Universiteti
25-noyabr — "Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan seminar-trening tashkil etildi
2023-11-23    679

"Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish kuni" munosabati bilan bugun, 23-noyabr kuni universitetimizda Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Biz zoʼravonlikka qarshimiz!” shiori ostida  “Xotin-qizlarga nisbatan tegajogʼlik (xarassment), tazyiq va zoʼravonlik holatlari va ulardan himoyalanish” mavzusida seminar-trening tashkil qilindi.

Unda Viloyat IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari, podpolkovnik N.Muminova, jinoyat ishlari boʼyicha Аndijon shahar sudining sudyalari N.Sharipova va B.Turdiev, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman)ning Аndijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.Аbduvaxidova, universitet huquqshunosi M.Sodiqovalar ishtirok etdi.

Seminar davomida ma'ruzachilar Konstitutsiyasiga koʻra, demokratiya — umumiy prinsiplarga asoslanishi, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi, shuningdek, hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi xususida oʻz-fikr mulohazalarini bayon etdilar.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.