Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida “Ochiq eshiklar” kuni o'tkazildi
2023-11-21    573

Bugun, 21-noyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida tashkilot, muassasalar tomonidan faoliyatlarda ochiqlikni ta'minlash, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish, ularni bartaraf etish kabi masalalarga bag'ishlangan “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, fuqarolar, universitet prorektorlari, fakultet Yoshlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosarlari, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida universitet rektori Akramjon Yuldashev so’z olib, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayns nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga tayyorlangan yangi rahbar bilan tanishtirdi va tadbir doirasidagi asosiy maqsadlar haqida batafsil to'xtaldi.

Shundan so’ng, universitet prorektorlari tomonidan kun tartibiga qo'yilgan masalalar: jinoyatchilik, ota-onalar bilan hamkorlikda faoliyat olib borish, o’quv va imtihon jarayonlarining adolatli, shaffof tarzda tashkil etilayotgani, oliygohda talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida ma'ruzalar tinglandi.

Uchrashuv so'nggida universitet tuzilmasidagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi"ga tashrifi tashkillashtirilib, Andijon tarixida bo‘lgan muhim voqealar, shuningdek, yurtimiz ozodligi yo'lida jonini fido qilgan insonlar hayoti bilan tanishtirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.