Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda “Yuridik klinika” ochish to'g'risida shartnoma imzolandi
2023-11-18    851

Bugun, 18-noyabr kuni Andijon davlat universitetida Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani Talantbek Madumarov hamda “Hamroh” nodavlat notijorat tashkiloti  hamkorligida  universitet qoshida “Yuridik klinika” ochish toʻgʻrisida shartnoma imzolash bo'yicha seminar o'tkazildi.

Seminarda soha mutaxassislari “Search for common ground” Xalqaro tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan “Yoshstan: yoshlar yoʻnalishidagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining imkoniyatlarini kengaytirish” xalqaro grant loyihasi doirasida “Yuridik klinika” ochish toʻgʻrisidagi shartnoma haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan Oʻzbekistonda yoshlar masalalariga oid huquqiy maʼlumotlar va axborotlar olish imkoniyatini kengaytirish, mamlakatimizda xalq bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot oʻrnatishga qaratilgan islohotlarning muhim yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatini yanada mustahkamlashga qaratilganligi alohida ta'kidlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.