Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda "Zakovat quiz" intellektual o'yini bo'lib o'tdi
2023-11-15    847

Bugun, 15-noyabr kuni Andijon davlat universitetida 17-noyabr — "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan "Talabalar haftaligi" doirasida davlat oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Zakovat Quiz" intellektual o'yini o'tkazildi.

Ushbu qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda 38 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi. 9 roundda o'tgan "Zakovat Quiz"da jamoalar kerakli ballarni yig'ib bordilar.

Keskin kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdi:
1-o'rinni - Andijon davlat universitetining "Universal" jamoasi;
2-o'rinni - Andijon davlat tibbiyot institutining "Из АГМИ с любовью" jamoasi;
3-o'rinni - Andijon davlat chet tillar institutining "Renessans" jamoasi egalladi.

G'olib va sovrindorlar universitet rektorining tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.