Andijon Davlat
Universiteti
II xalqaro ta'lim forumi — Andijon davlat universiteti Turkiyaning 5 ta nufuzli oliygohlari bilan memorandum imzoladi
2023-11-14    695

Joriy yilning 13-14-noyabr kunlari Samarqand shahrida O'zbekiston-Turkiya oliy ta'lim muassasalarining II xalqaro ta'lim forumi bo'lib o'tdi. Unga respublikamizning 40 dan ziyod va Turkiyaning 50 dan ziyod oliy ta'lim muassasalari vakillari tashrif buyurdi.

 

Mazkur forumda, xususan, Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Ilyosbek Xasanov ishtirok etdi.

 

Forum doirasida oliy ta'lim muassasalari rektorlari o'zaro akademik almashinuv, ilmiy amaliyot va malaka oshirish, talabalar almashinuvi, ilmiy uchrashuvlar va yozgi maktablar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish singari ko'plab yo'nalishlarda muzokaralar olib bordi va 70 ga yaqin kelishuv hujjatlari imzolandi.

 

Jumladan, Andijon davlat universiteti va Turkiyaning 5 ta nufuzli (Ankara Haji Bayram Veli, Hajettepe, Anadolu, Bartin, Gazi) universitetlari bilan ilmiy va akademik hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar o'tkazilib, ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari tuzildi.

 

Aytish joizki, mazkur memorandum va kelishuv shartnomalari zamirida ikki davlat o'rtasidagi qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi muhim maqsadlar ko'zda tutilgan.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.