Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 13-martda qabul qilgan “Abay ijodining ma’rifati”mavzusidagi qarorining ijrosi sifatida Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti O’zbek adabiyoti kafedrasi ustozlari va talabalari tashabbusi bilan Andijon shahridagi 528-SCHR batalyoni hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirni batalyon komandiri o’rinbosari Qodirjon Jumayev ochib berdi. So’ng ADU Filologiya fakulteti dotsenti Dildoraxon Abdullayeva Abay hayoti va ijodini haqida ma’zura qildi. Abayning el-yurti uchun qilgan harakatlari, yaratgan asarlari va fidoiyliklari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tdi. Tadbirga tashrif buyurgan talabalar: S. O’rinova, M. Jaloldinova, M.Odilova, S. Yulchiboyeva, O.Muhammadjonova, D. Mamatova, M.To’ychiboyeva hamda A. Nizomiddinovlar Abay o’lanlari, she’rlari va nasihatlaridan namunalar keltirdilar.
Tadbir so’nggida talabalar o’zlarining ham ijodidan harbiylarni bahramand etib, kelgusida ham bu kabi tabdbir va uchrashuvlarni o’tkazish yuzasidan kelishib oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI