Andijon Davlat
Universiteti
Universitet talabalari o'rtasida “Milliy qadriyatlarning eng faol targ‘ibotchisi” tanlovi o'tkazildi
2023-11-10    673

Xalqimizning asrdan asrlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarini yosh avlod ongiga singdirish, an’ana va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida, bugun, 10-noyabr kuni Andijon davlat universitetida “Biz bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida talabalar o'rtasida “Milliy qadriyatlarning eng faol targ‘ibotchisi” tanlovi bo'lib o'tdi.

 

Tanlovda universitetning 8 ta fakultet talabalaridan iborat jamoalar 3 ta shart asosida o’zaro bellashdilar.

Ushbu shartlarda jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan tanlangan musiqalarning, kiyim, rekvizitlarning milliylikka mosligi, ijrochilarning mahorati, ovoz imkoniyatlari, urf-odatlarning bir-biriga bog‘liqligi, yaxlitlik, sahnaga olib chiqilgan an’ana, qadriyat va urf-odatlarning bog‘lanishi, jamoani umumiy birlikda namoyon boʻlishi, raqs va kuy qo‘shiq, musiqiy bezaklar mahorat bilan ijro etilganligi inobatga olinib baholandi.

Ko’tarinki ruh va a’lo kayfiyatda o’tgan tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra:
1-o'rin Tarix fakulteti;
2-o'rin Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti;
3-o'rin Tabiiy fanlar fakulteti.

 

E’tirof etish lozimki, tanlov yangi iqtidor egalarini kashf etdi. Xususan, tanlov davomida “Eng yaxshi milliy raqs ijrochisi” Isomiddinova Shahribonu va Rashidova Mahmuda “Eng yaxshi milliy qo’shiq ijrochisi” nominatsiyasida g’olib deb topildi.

 

G'olib jamoa va sovrindorlar diplom hamda 1-o'rin 5 mln, 2-o'rin 4mln, 3-o'rin 3 mln nominatsiya g'oliblari esa 500 ming so'm pul pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.