Andijon Davlat
Universiteti
Professor-o'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan sport musobaqalarining g'oliblari tantanali taqdirlandi
2023-11-09    658

Xabaringiz bor, kuni kecha Andijon davlat universiteti xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasi tashabbusi bilan professor-o’qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o’rtasida sportning voleybol, stritbol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo'yicha musobaqalarga start berildi.


Bugun, 9-noyabr kuni universitetimizda professor-o’qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o’rtasida sport musobaqalarining final bosqichi hamda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tantanali marosimni universitetimiz rektori, professor Akramjon Yuldashev so'zlari bilan ochib berdi.

Sport musobaqalarining yakuniy natijalarga ko'ra:

Erkaklar o'rtasida o'tkazilgan shaxmat musobaqasida:
1-o'rin Nosirjon Yunusov,
2-o'rin Rashodbek Sultanov,
3-o'rin Muzaffarbek Atajonov.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan shaxmat musobaqasida:
1-o'rin Mavluda Hasanova,
2-o'rin Tan'zila Hamroyeva, 
3-o'rin Maftuna Fozilova.

Erkaklar o'rtasida o'tkazilgan stol tennisi musobaqasida:
1-o'rin Adhamjon Tursunov,
2-o'rin Dilshodbek Nurmatov,
3-o'rin Ikromjon Yusupov.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan stol tennisi musobaqasida:
1-o'rin Gulshoda Ne'matjonova,
2-o'rin Muhabbat Xabibullayeva,
3-o'rin Barchinoy Akbarova.

 Stritbol sport turi bo'yicha fakultetlararo o'tkazilgan jamoaviy musobaqada:
1-o'rin Jismoniy madaniyat fakulteti;
2-o'rin Matematika fakulteti;
3-o'rin Fizika fakulteti.

G'olib va sovrindorlar universitet rektori boshchiligida universitet kasaba uyushmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.