
Bugun, 8-noyabr kuni Andijon davlat universitetida "Giyohvandlik moddalariga qarshi kurashish" oyligi doirasida "Giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish" shiori ostida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda mas'ullar tomonidan giyohvandlik va psixotrop moddalarning zararlari, bunday turdagi vositalarning savdosi bilan shug'ullanish jinoyat ekanligi hamda ushbu turdagi moddalarning inson sog'lig'iga keltiradigan salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tashkil etilayotgan bu kabi uchrashuvlar mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol voyaga yetishi, giyohvandlikka barham berish, aholi sog‘lig‘i va jamoat xavfsizligiga tahdid solmasligini ta'minlashdan iboratdir.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI