Bugun, 8-noyabr kuni imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor X.Xodjamberdiyev Andijon shahrida joylashgan Karlar jamiyati a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashrif avvalida prorektor jamiyat a’zolarining faoliyatlari bilan tanishib, Prezidentimizning 2017-yilda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar, karlar va nogironlar jamiyatlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha e’lon qilgan qarorlari asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni uy-joy bilan ta’minlash, tibbiy xizmatlarni olishda yangi imtiyoz va preferensiyalar bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Uchrashuv davomida universitet psixologi O.Muxtorov jamiyat a’zolari bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazdi. Kelgusida Andijon davlat universiteti jamoasi jamiyat a’zolari bilan hamkorlikda ish olib borishi, har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi ta'kidlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI