Andijon Davlat
Universiteti
"O‘zbekiston - 2030" strategiyasi — xalq strategiyasi!" mavzusida seminar o'tkazildi
2023-11-08    626

Kuni kecha Tarix fakulteti Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi mutaxassislari va fakultetning professor-oʻqituvchilari ishtirokida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini o'rganish va uni targ'ib qilishga bag’ishlangan "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi — xalq strategiyasi!" shiori ostida oʻquv seminari bo'lib o'tdi.


Dastlab, Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori Kamoliddin Yunusov "O‘zbekiston - 2030" strategiyasining ahamiyati, strategiyani amalga oshirishdan ko’zlangan maqsad, uning vazifalari haqida tushuncha berdi.

Shundan so’ng, ma’ruzachilar strategiyaning asosiy yo’nalishlari bo’yicha chiqish qildilar. Xususan, "Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish" yo’nalishi bo’yicha katta o’qituvchi Iroda Bazarova ma’ruza qilib, ta’lim tizimi, yoshlarga oid davlat siyosati va sport, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha islohotlar mazmunini tahlil qilib berdi.

Keyingi o’rinlarda dotsent O.Ahmadjonov strategiyaning barqaror iqtisodiy o'sish orqali aholi farovonligini ta'minlash mavzusida; kafedra o’qituvchisi Sh.Xoshimjonov suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha strategiyada belgilanga choralar va ularni amalga oshirish mexanizmlari, kelajakdagi ekologik krizislarni oldini olish bo’yicha, t.f.f.d (PhD) A.Mamajonov xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish, Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida, t.f.n. S.Mamajonov ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo'yicha islohotlar mazmuni yuzasidan mazmunli ma’ruzalar qildilar.


O’quv seminari davomida har bir masala bo’yicha muhokama o’tkazilib, ishtirokchilar ham o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.