Andijon Davlat
Universiteti
ALIFBO BAYRAMI
2018-04-27    7668

Joriy yilning 25-aprelida, Boshlang'ich va maktabgacha ta'lim kafedrasinig katta o'qituvchisi Oqilaxon Haydarova BTSTI 304 guruh bilan birgalikda ochiq dars tashkil qildi.
Ochiq dars mavzusi: "Boshlangʻich sinflarda Alifbo bayramini o'tkazish metodologiyasi" deb nomlandi.
Tadbirga pedagogika fakulteti dekani Ch.T.Shokirova, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Boltaboyev, ochiq dars mashg'ulotlarining taqrizchisi, BMTM kafedrasining katta o'qituvchisi Ra'noxon Yankina, katta o'qituvchilardan Ikromjon Ergashev, Madinabonu Tairovalar tashrif buyurdilar.
Tadbirda 304-guruh talabalari fa'ol ishtirok etdilar. Bir-biridan qiziq va yangi dasturlarni tomoshabinlarga taqdim qildilar.
Taqrizchi sifatida tashrif buyurgan R. Yankina talabalarga quyidagilarni bayon qildi: Birinchi sinf o'quvchilari uchun Alifbo bayrami muhim va quvonchli voqeadir. Birinchi darslikning tugashi, mustaqil ravishda ilk kitobning o'qilishi - bunga shunchaki qarash yaramaydi. Ushbu tadbir ssenariysi puxta tayyorlanishi shart.

O'qituvchilik faoliyatingizda Alifbo bayramini o'tkazish jarayonida quyidagilarni unutmang:
1. Tadbir "uzoq, og'ir" bo'lmasligi kerak.Aks holda bolalarda ruhiy va jismoniy zo'riqishlar yuzaga kelishi mumkin.
2. Tadbirda ajablantiradigan lahzalar bo'lishi kerak. Ertak qahramonlarining kirib kelishi, sovgʻalar ulashinuvi bolalarga birdek yoqadi. Chunki ular hali ham ertak va mo'jizalarga ishonishadigan davrda bo'ladilar . Jajji o'quvchilar bayramdan g'ayritabiiy biror narsa kutishadi, shuning uchun ularni xafa qilmaslik kerak.
Darvoqe, kutilmagan vaziyat dam olishni yanada qiziqarli qiladi.
3. Tomoshabinlarning ko'pchiliklari kichik yoshdagi va hissiyotga boy shaxslar bo'lishi lozim.
4. Tadbirda passiv ishtirokchi o'quvchilar bo'lmasligi kerak. Ba'zilar she'r o'qishsin, boshqalari esa raqs tushishsin yoki qo'shiq aytishsin. Qatnashmoq istagi yo'q o'quvchilar hech bo'lmaganda harakatliy o'yinlar bilan band bo'lishi darkor.
Oqiloxon Xaydarovaning ochiq dars mashg'uloti juda qiziqarli o'tdi.
Ochiq darsdan ko'zlangan barcha maqsadga erishildi.

Diloromoy ISMANOVA
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.